"Nasaf" Bobir Abduholiqovni ortga qaytardi
"Nasaf" Bobir Abduholiqovni ortga qaytganini e’lon qildi.
Klub matbuot xizmatining ma’lumotiga koʻra, qarshiliklar futbolchi bilan 1 yillik shartnomaga imzo chekkan.
"Yangi mavsumda Bobirdan sermahsullik kutib qolamiz va raqiblar darvozabonlarini xafa qilib yuradi degan umiddamiz!", - deya xabar berdi klub matbuot xizmati.
Ma’lumot oʻrnida, Abduholiqov oʻtgan mavsumning ikkinchi qismini "Paxtakor" safida oʻtkazib, 11 ta oʻyinda ishtirok etdi va 1 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.

Fikrlar