
"Nasaf" FIFAdagi masalani hal etdi. Faqat...
Xabaringiz bor, Qarshining "Nasaf" klubi FIFA Nizolarni hal etish palatasi tomonidan jazoga tortilgan edi.
Ya’ni, "ajdarlar" frantsiyalik futbolchi bilan shartnoma shartlarini bajarmaganligi uchun taqiqqa uchragandi. O‘zPFL bosh direktori Diyor Imomxo‘jaevning ma’lum qilishicha, "Nasaf" muammoni hal etgan. Endi faqatgina FIFAdan tasdiqlovchi xabar kutilmoqda.
"Nasaf" FIFAdagi masalani hal qildi va bu bo‘yicha tashkilotga bildirishnoma kiritdi. Tez orada yaxshi yangilik kutyapmiz",-deya Imomxo‘jaev o‘z "Telegram" kanalida yozib qoldirdi.
Fikrlar