"Nasaf" o‘rtoqlik bahsida "Qo‘qon-1912"ni mag‘lub etdi

  • 23.07.2025 20:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

"Qo‘qon-1912" jamoasi Toshkentdagi yig‘inda navbatdagi uchrashuvida maydonga tushdi. Bu haqida klub matbuot xizmati ma’lum qildi.

Bahrom Haydarov shogirdlari amaldagi chempion "Nasaf"ga qarshi bahs olib bordi. Teng kurashlar ostida kechgan bahsda "Nasaf" 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Barcha gollar "Nasaf" futbolchilari hisobiga yozildi. Javohir Ubaydullaev va Dragan Cheran raqib darvozasini ishg‘ol qilishgan bo‘lsa, Shuhrat Muhammadievga avtogol yozildi. 

"Nasaf": Oleksandr Vorobey, Igor Golban, Sharof Muhitdinov, Javohir Sidiqov, Stefan Cholovich, Husayn Norchaev, Suhrob Nurulloev, G‘olib G‘aybullaev, Diyor Abdunazarov, Bahodir Halilov, Javohir Ubaydullaev 

Zaxiradan tushganlar: Davronbek Usmonov, Sherzod Nasrullaev, Shuhrat Muhammadiev, Yashnar Berdirahmonov, Oybek Bozorov, Dragan Cheran, Murod Rahmatov. 

"Qo‘qon-1912": Azizxon Isaqov, Andro Giorgadze, Asliddin Toshtemirov, Jasur Yoqubov, Alisher Salimov, Shahzod Akramov, Muhriddin Pazildinov, Vladislav Xomutov, Shahzod Beshimov, Ko‘rikdagi futbolchi. 

Zaxiradan tushganlar: Rustam Nartadjiev, Muhammadanas Hasanov, Iqbol Malikjonov, Shota Gvazava, Husayn Ergashboev, Jahongir Fozilov, Egor Kondratyuk, Ibrohim Muhtorov, Zafar Hakimov, Baxtiyor Qosimov, Mirziyod Mirodilov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!