"Nasaf" reytingda O‘zbekistonni yana o‘z o‘rniga qaytardi!

  • 28.04.2022 12:48
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol

Osiyo Chempionlar ligasi G‘arbiy hududida guruh bosqich bahslari yakunlandi. "Paxtakor" pley-offga chiqa olmadi. "Nasaf" ishtirokini davom ettiradigan bo‘ldi.

Endi klublar reytingiga ham e’tor qaratsak. O‘zbekiston klublar reytingida Erondan keyin 3-o‘ringa tushib qolgandi. “Nasaf” bugun mamlakatimizga yana 2-o‘rinni qaytib olishiga sababchi bo‘ldi. O‘zbekiston ikkinchi o‘rindan kamida 2023 yilning fevraligacha tushmaydi. Biz Erondan 0,555 ochkoga oldindamiz va bu farq iyun oyida “So‘g‘diyona” OFK kubogidagi ishtirokini boshlaganida ortishi mumkin. O‘zbekistondan ortda borayotgan Eron va Qatar terma jamoalarining OFK kubogida jamoalari yo‘q. Shundan kelib chiqsak, jizzaxliklar muhim ochkolarni taqdim etib, oradagi farqni yana oshirishi mumkin.

Hozirgi kunda klublar reytingi shu ko‘rinishda.

photo_2022-04-28_01-49-27

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
. мансур
28/04/2022 22:50
Пахтакор бу йил ОЧЛда ҳамма ўйинларда дарвозабонсиз ўйнаганини ҳам ҳисобга олиш лозим
YAHYOBEK MUXTOROV
28/04/2022 13:24
Насаф жамоасига омад тилаб, рахмат деб қоламиз