"Nasaf" Serbiya jamoasini mag‘lub etdi, Shaladan dubl!
Qarshining "Nasaf" jamoasi kunning ikkinchi yarmida Antaliyadagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini doirasida navbatdagi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. "Ajdarlar"ning ikkinchi raqibi Serbiya Superligasi vakili — "Radnichki Nish" jamoasi boʻldi.
Uchrashuv davomida qarshiliklar ishonchli va tashabbuskor oʻyin namoyish etib, raqib ustidan 3:0 hisobida yirik gʻalabaga erishdi. Gollarga Adenis Shala (dubl) va Bahodir Xalilovlar mualliflik qildi.
"Nasaf" quyidagi tarkibda oʻyinni boshladi:
Abduvohid Ne’matov, Alibek Davronov, Gʻolib Gʻaybullaev, Murodbek Rahmatov, Adenis Shala, Bobir Abdixoliqov, Sharof Muҳitdinov, Oybek Rustamov, Bahodir Xalilov, Diyorbek Abdunazarov, Umarbek Eshmurodov.
Zaxiradan maydonga tushganlar:
Quvonch Xushvaqtov, Yashnar Berdirahmonov, Behrўz Haydarov, Darvon Usmonov.
Fikrlar