"Nasaf" sobiq futbolchisi Qirgʻiz Respublikasi jamoasiga oʻtdi

  • 16.01.2026 17:34
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol

Temur Chogadze Qirgʻiz Respublikasining "Bars" jamoasi aʼzosiga aylandi. Bu haqida klub matbuoti xabar berdi.

"Timur Chogadze - gruzin qanot hujumchisi, Gruziyaning "Saburtalo" futbol klubi tarbiyalanuvchisi. Faoliyati davomida u Ukraina, Gruziya va Oʻzbekistonning oliy ligalarida oʻynagan.

Oʻtgan mavsumda Timur Litvaning "Kaunas Zalgiris" futbol klubi sharafini himoya qilib, UEFA Konferensiya Ligasida 6 ta oʻyinda ishtirok etdi va bitta gol urdi", - deyiladi xabarda.

Maʼlumot uchun, Chogadze 2024 yilning boshida Qarshi jamoasiga kelgandi va mavsum yarmida ikki tomon kelishgan holda shartnoma bekor qilingan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!