"Nasaf" Stefan Cholovich bilan xayrlashdi
"Nasaf" serbiyalik vinger Stefan Cholovich bilan xayrlashdi. Futbolchining Qarshi klubi bilan shartnomasi yakunlandi.
"Klubimiz Stefan Cholovichga minnatdorlik bildiradi!
Stefan! Jamoamiz uchun qilgan mehnatlaringiz uchun tashakkur bildiramiz va kelgusi faoliyatingizga omad tilaymiz!
Barchasi uchun rahmat!", - deyiladi "ajdarlar" matbuoti xabarda.
Ma’lumot uchun, Stefan 2024 yilning yozidan buyon Qarshi klubi safida o‘ynab kelayotgan edi.
Fikrlar