"Nasaf" va "Neftchi" oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi
Superliga bahslari Jahon chempionati sabab yuzaga kelgan tanaffusdan so‘ng qayta boshlanish arafasida. Jamoalar tayyorgarlik doirasida o‘rtoqlik uchrashuvlarida ishtirok etmoqda.
Jumladan, "Neftchi" "Yaypan" jamoasini 2:1 hisobida mag‘lub etdi. Farg‘onaliklar safida Sarsenbaev va G‘iyosov gol urgan bo‘lsa, "Yaypan"ning yagona goliga Ibrohimxonov mualliflik qildi.
Shuningdek, "Nasaf" Pro liga vakili BuxDUni mag‘lub etdi. Uchrashuvda Behro‘z Shodmonov, Zafar Sa’dullaev va Yashnarbek Berdirahmonov o‘z nomini tabloga yozdirdi.
Ma’lumot uchun, Superliga bahslari 16 iyul kuni qayta start oladi.

Fikrlar