
"Nasaf"ning braziliyalik legioneri: Statistikani o‘zgartirish vaqti keldi
"Nasaf"ning braziliyalik hujumchisi Lima Kruz "Paxtakor"ga qarshi kechadigan Superkubok bahsi oldidan o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Paxtakor" bilan qayd etilgan natijalar o‘tmishda qoladi. Statistikani o‘zgartirish vaqti keldi. Ertangi bahsga psixologik 100 foiz tayyormiz deb ayta olaman.
Chavez bilan sog‘lom raqobatdamiz. Bu yil jamoa safiga ko‘plab legionerlar kelib qo‘shildi va barchamizning maqsadimiz bir xil - klubga ko‘proq foyda berish. Raqobat yaxshi narsa. Kim uchrashuv oldidan yaxshi imkoniyatga ega bo‘lsa, o‘shanga maydonda ham imkon beriladi, faqat jismoniy holati yaxshi bo‘lsa bas.
Eslatib o‘tamiz, "Paxtakor" - "Nasaf" uchrashuvi soat 19:30 da boshlanadi.
Fikrlar