"Nasaf"ning ikki etakchisi yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlaydi

  • 20.10.2025 04:07
  • Suhrob Xolbekov
  • 1
  • Futbol

Mavsum tugamasidan oldin "Paxtakor" transferlar ustida jiddiy ishlamoqda. "Sherlar" "Nasaf"ning ikki asosiy futbolchilarini o‘z tarkibiga qo‘shib oladi. 

Bir necha kun oldin Oybek Bozorov va Sherzod Nasrullaev yangi mavsumni "Paxtakor"da boshlashi haqida mish-mishlar chiqdi. "Sports.uz" manbasi ham ushbu ma’lumotlarni tasdiqladi. Ikkala futbolchi bilan ham kelishuvga erishilgan. 

Ma’lumot uchun, ularning Qarshi klubi bilan amaldagi shartnomasi shu yilning so‘nggida o‘z nihoyasiga etadi. 

Bu transferlar amalga oshsa, Nasrullaev ham, Bozorov ham faoliyati davomida birinchi martda "Nasaf"ni tark etgan bo‘ladi. Ular 2018 yildan beri asosiy jamoada harakat qilib kelishadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Шоим Зарипов
21/10/2025 15:16
ДИЛШОД САИДОВ ПАХТАКОРНИ УТИБ НИМА КИЛДИ УТАДИГАН БУЛСА ЧЕТГА ЧИКСИН ПАХТАКОРНИ УТИШ БУ БОРИБ ТУРГАН АХМОКЛИК ПАХТАКОР НАСАФДАН УСТУНМИ СОТКИНЛИК БУ .