Nasri: «Messi kuchli oʻnlikka ham kirmaydi»
Samir Nasri Lionel Messini o‘z reytingining birinchi o‘nligiga ham kiritmasligini aytib, «Oltin to‘p» natijalarini tanqid qildi.
«Manchester Siti»ning sobiq futbolchisi Samir Nasri «Oltin toʻp» uchun ovoz berishda Lionel Messi beshinchi oʻrinni egallagani haqida oʻz fikrini bildirdi.
«Sizlar jiddiymisiz? Mening reytingimda na Messi, na Rodni birinchi oʻnlikka kiradi! Hatto Messi jahon chempionligini qoʻlga kiritgan taqdirda ham fikrim oʻzgarmas edi», — deya Nasrining soʻzlarini keltiradi The Touchline.
«Oltin toʻp»ni topshirish marosimi 26 oktyabr kuni Londonda boʻlib oʻtdi. Yangi sovrin egasi «Bavariya» hujumchisi Garri Keyn boʻldi. Uchlikka «Real» forvardi Kilian Mbappe va «Barselona» vingeri Lamin Yamal ham kirdi.
Eslatib oʻtamiz, Messi «Oltin toʻp» sovrinlari soni boʻyicha mutlaq rekordchi hisoblanadi. Uning kolleksiyasida bunday mukofotlar soni sakkizta.

Izohlar (0)