Navas faoliyatini qaerda davom ettirishi ma’lum bo‘ldi

  • 20.06.2019 16:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Madridning "Real" klubi darvozaboni Keylor Navas faoliyatini Portugaliya chempionatida davom ettiradi. Bu haqda AS nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaaga ko‘ra 32 yoshli kosta-rikalik posbon "Benfika" bilan shartnoma imzolaydi. Klublar o‘zaro kelishuvga erishib bo‘lishgan, hozirda lissabonliklar faqatgina futbolchining o‘zi bilan muzokaralarni davom ettirmoqda.

Ma’lumot uchun, Navas “Real” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelayotgan edi. U o‘tgan davr mobaynida jami 162ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 159ta gol o‘tkazib yubordi. Uning transfer narxi esa 10 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!