"Navbahor" - "Bunyodkor" uchrashuvi sanasi o‘zgardi
O‘zbekiston Superligasining 24-turidan o‘rin olgan "Navbahor" — "Bunyodkor" o‘yini 2 noyabrdan 11 noyabrga ko‘chirildi. Chempionlar ligasi sabab tig‘iz taqvimda to‘p surayotgan Namangan klubi Ligaga shunday taklif bilan chiqdi.
Taqvimni rejalashtirayotgan vaqtda Liga Navbahorning O‘zbekiston kubogi final uchrashuvida ehtimoliy harakat qilishini nazardan qochirmagandi. "Navbahor" o‘z yurishini yarim finalda to‘xtatgach, keyingi taqvimini osonlashtirish maqsadida taklif kiritdi va Liga mazkur taklifni qanoatlantirdi.
24-TUR
11 noyabr, shanba
NAVBAHOR — BUNYoDKOR.
O‘zPFL matbuot xizmati



Fikrlar