
"Navbahor" 20 yanvarda legionerimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev jamoasi bilan o‘ynaydi (foto)
Superliga va O‘zbekiston kubogida kumush medallarga ega chiqqan "Navbahor" klubi nazorat uchrashuvi doirasida Rossiyaning "Nijniy Novgorod" jamoasiga qarshi maydonga tushadi.
Bahs 20 yanvar sanasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu bellashuvdan 2 kun oldin nijniy novgorodliklar Vengriyaning "Tisakechke" klubi bilan kuch sinashadi.
Ma’lumot o‘rnida, "Nijniy Novgorod" safida hamyurtimiz Ibrohimhalil Yo‘ldoshev to‘p tepadi.
Fikrlar