"Navbahor" Asadbek Sobirjonov bilan shartnomani bekor qildi

  • 17 iyul, 2024, 12:06
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Namanganning "Navbahor" klubi Asadbek Sobirjonov bilan tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qildi. Futbolchi kecha jamoa bilan xayrlashgandi.

"Barchasi uchun raxmat”- deb yozdi u ijtimoiy tarmoqdagi saxifasi orqali. 

Eslatib o‘tamiz, 23 yoshli yarim himoyachi bu mavsum birinchi davra baxslarida namanganliklar safida barcha 13 ta o‘yinda ishtirok etdi. Ammo aksar bellashuvlarda zaxiradan o‘yinga qo‘shildi. 

Sobirjonovning keyingi jamoasi nomi xam deyarli ma’lum bo‘lib ulgurgan. U faoliyatini Bekobodning “Metallurg” klubida davom ettirishga yaqin bo‘lib turibdi. Uning bu qarorga kelishida bekobodliklarning yangi bosh murabbiyi sifatida Grigoriy Kolosovskiyning ish boshlashi turtki bo‘lgan bo‘lishi extimoli katta.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!