Asosiy mazmunga oʻtish

"Navbahor" Belarus klubini mag‘lub etdi

Shuhratbek Jo'rayev
Izohlar: 0

Yozgi yig‘indagi tayyorgarlik.

Xabaringiz bor, "Navbahor" a’zolari ayni paytda Belarus poytaxti Minskda o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazishmoqda.

Sergey Lushchan shogirdlari mazkur yig‘in doirasida bugun navbatdagi xalqaro o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishdi. “Lochinlar”ga bu safargi bahsda “Smorgon” (Smorgon) jamoasi sparring - raqib bo‘ldi. 

Ta’kidlash joizki, ushbu uchrashuvda “Navbahor” ustozi Sergey Lushchan har ikki bo‘limda ikki xil tarkib bilan harakat qilishini lozim topdi. Birinchi bo‘limda bahs nursiz durang – 0:0 hisobida yakunlangan bo‘lsa, yakunda namanganliklar 1:0 hisobida g‘alaba qozonishdi.

Uchrashuvdagi yagona gol jamoa sardori Azimjon Ahmedov tomonidan uchrashuvning ikkinchi bo‘limida penaltidan kiritildi.
"Navbahor" bugungi o‘yinni quyidagicha tarkibda o‘tkazdi.

Birinchi bo‘lim: Umidjon Ergashev, Igor Gabriel, Mirzohid G‘ofurov, Julio Chezar, Muhammadbobur Mo‘ydinov, Shohmalik Komilov, Javohir Abdujabborov, Abbosjon G‘ulomov, Muhammadali G‘iyosov, Navro‘zbek Iminjanov, Zabihillo O‘rinboev. 

Ikkinchi bo‘lim: Shukron Yo‘ldoshev, Azimjon Ahmedov, Gilermo Gedesh, Saidazamat Mirsaidov, Dostonbek Abdulxaev, Sherzod G‘ulomjonov, Ruslanbek Jiyanov, Komil Tojiddinov, Jamshid Boltaboev, Muxsin Xabibullaev, Pedro.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q