“Navbahor” bugun "O‘zDongJu" bilan o‘ynaydi
Ikkinchi davraga tayyorgarlikning dastlabki bosqini Namanganda o‘tkazayotgan “Navbahor” jamoasi bugun davralar oralig‘idagi birinchi nazorat o‘yinida ishtirok etadi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar bermoqda.
Manbaning ma’lum qilishicha, "Markaziy" o‘yingohda soat 19:00da boshlanadigan uchrashuvda futbolchilarga birinchi liga vakili "O‘zDongJu" (Andijon) jamoasi raqiblik qiladi.
Kecha kechki payt bo‘lib o‘tgan mashg‘ulotdan so‘ng "Navbahor" klubi rahbariyati, murabbiylar shtabi va futbolchilar Namangan viloyat hokimi Xayrulla Hayitboevich Bozarov qabulida bo‘lishdi. Yig‘ilishda jamoaning chempionatdagi ishtiroki muhokama qilindi. Shu bilan birgalikda klubga yangi prezident tayinlandi. Endilikda Namangan shahar hokimi Shavkatjon Shokirdjanovich Abdurazzoqovn klub prezidenti sifatida ham faoliyat olib boradi.
Namangan shahri hokimi "Navbahor" prezidenti etib tayinlandi



Fikrlar