"Navbahor" gruziyalik legioner bilan shartnoma imzoladi
"Navbahor" matbuot xizmati tajribali gruziyalik himoyachi Giorgi Jgerenaya bilan shartnoma imzolanganini e’lon qildi.
Giorgi Jgerenaya – 1993 yil, 28 dekabrda Gruziyaning Tbilisi shahrida tug‘ilgan.
Faoliyati davomida Gruziyaning “Gagra” (Tbilisi), “Norcha Dinamoeli” (Tbilisi), “Samtredia” (Samtredia), “Meraniya” (Tbilisi), Ukrainaning “Ilicheves” (Mariupol), “Nikolaev” (Nikolaev), “Dinamo-2” (Kiev) jamoalarida o‘ynagan. 2021 yildan buyon Gruziyaning “Iberia” (Tbilisi) jamoasida to‘p tepayotgandi.
Giorgi Jgerenaya Gruziyaning turli yoshdagi terma jamoalarida ham o‘ynagan.
Fikrlar