“Navbahor” muxlislariga bepul iftorlik

  • 23 may, 2018, 17:09
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pepsi Superliga 13-doirasida Namanganning “Navbahor” klubi o‘z maydonida Olmaliqning AGMK jamoasini qabul qiladi. Ayni paytda yurtimizda muqaddas Ramazon oyi hukmron. “Navbahor” PFK rahbariyati  muqaddas oy sharofati bilan savob ishga qo‘l urdi. “Navbahor” – AGMK uchrashuviga tashrif buyuradigan muxlislar uchun bepul iftorlik eguliklari tarqatiladigan bo‘ldi. Ro‘zadorlar “Navbahor” – AGMK bahsining tanaffus paytida “Markaziy” o‘yingoh sektorlarida yaratilgan qulayliklardan foydalanib, bemalol iftorlik qilib olishlari mumkin. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda. 

Tecno

Shuningdek, "Navbahor" muxlislari uchun yanada engillik yaratish maqsadida, klub rahbariyati tomonidan “Navbahor” atributikalari 20 foizlik chegirma bilan sotuvga chiqarildi. Endi jamoaning atributikalarini o‘zingizga qulay narxlarda xarid qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” - AGMK uchrashuvi 26 may kuni soat 18:50da boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!