"Navbahor" ustozi: "Raqibda 100 foiz imkoniyat bo‘lganini eslay olmayman"

  • 27 avgust, 2024, 09:40
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Superligasining 17-turidan o‘rin olgan “Surxon” – “Navbahor” (0:1) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mehmonlar bosh murabbiyi Sergey Lushan ishtirok etib, OAV xodimlarining savollariga javob berdi.

Tecno

Sergey Ivanovich odatdagidek, o‘z so‘zini o‘yin haqidagi fikrlari bilan boshladi.

 - O‘yin va natijadan ko‘nglim to‘ldi. Mening boshqaruvimda jamoa ilk bor o‘z darvozasidan to‘p olib chiqmadi va birinchi bo‘lib, gol urdi.

 Yigitlarga bugun o‘zlarining bor mahoratlarini ishga solgan holda harakat qilishgani uchun rahmat aytaman. Hisob adolatli bo‘ldi, deb hisoblayman.

Tarkibimizda nomdor va tajribali futbolchilar bor. Shunday ekan, albatta bizdan natija kutiladi. Ta’kidlash joiz, chempionlik uchun kurasha oladigan futbolchilarimiz bor. Biroq, birinchi davrada boy berilgan ochkolar, hozirga kelib, jamoadagi duranglar soni 8 ta etishi bizga mavsum chempionligi haqida o‘ylashga fursat qoldirmaydi. Biroq, bo‘shashmasdan davom etsak, natija o‘zi keladi. Bugun darvozabondan tortib, hujumchigacha barcha yaxshi o‘ynadi.

 - Umid qilamizki, ushbu g‘alaba “Paxtakor”ga qarshi kechadigan O‘zbekiston kubogi yarim finali o‘yini oldidan jamoaga ruhiy dalda bo‘ladi?!

- Albatta, hozir aynan biz ishlayotgan ikkinchi aspekt ruhiy xolat bilan bog‘liq. Futbolchilarimizning o‘yin darajasi raqiblarnikidan baland, biroq, gol urishga kelganda oqsayapmiz. Nega ekanligini bilmayman. Vaholanki, mashg‘ulotlarda mo‘’jiza ko‘rsatib tashlayapmiz. Yigitlar birinchi davrada keragidan ortiq o‘yinda ochko yo‘qotishgani bois, cho‘chib qolishgan. Chempionlik maqsadi qo‘yilgan jamoaga tashabbusga ega bo‘lgan xolda,  birinchi davrada 7 ta durang o‘ynashi salbiy ta’sir qilgan. Mana shunday og‘ir uchrashuvlardan so‘ng, barchada ruhiy holat yaxshilanib, o‘z kuchiga ishonch paydo bo‘lishni boshlaydi. Yarim finaldagi g‘alaba o‘zimizni yanada yaxshiroq his qilish imkonini beradi.

- Bugun raqibni yaxshi o‘rganganingiz haqida aytingiz. Abdusalomovni zich zonada qoldirish ham rejada bormidi?

- Takrorlayman, biz juda kichik detallargacha o‘rgandik. Bir hafta davomida aynan shu uchrashuv uchun tayyorgarlik ko‘rdik. “Surxon” shakllangan yaxshi jamoa. Biz ustunlikni raqibga topshirgan holda, ikkinchi raqamda o‘ynadik. Menimcha, natija adolatli bo‘ldi. Yakunda, hisobni kattalashtirishimiz ham mumkin edi. Raqibda 100 foizlik imkoniyat bo‘lganini eslay olmayman. Yigitlar bugun himoyada ishonchli o‘yin namoyish etishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!