"Navbahor" yangi futbolchilarni tanishtirdi (Fotoreportaj)

  • 24 mart, 2019, 14:30
  • Bekzod Isayev
  • 2
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Namangan shahridagi “Markaziy” o‘yingohda “Navbahor” PFKning 2019 yilgi mavsum Superligada jamoa sharafini himoya qiladigan yangi futbolchilarni tanishtiruv marosimi o‘tkazildi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

photo_2019-03-24_10-32-14

photo_2019-03-24_10-56-58

Marosimda Namangan viloyat hokimi, Namangan futbol assotsiatsiyasi prezidenti Xayrulla Bozarov ham ishtirok etdi.

Xayrulla Bozarov barchani Navro‘z bayrami bilan tabriklar ekan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Namanganga tashrifi tarixiy voqea bo‘lganligini ta’kidladi. Yurtboshimiz bilan futbol, xususan, "Navbahor" jamoasi va stadion to‘g‘risida ham muloqot qilishganini ma’lum qildi. Muhtaram Prezidentimiz Namanganda futbolga e’tibor katta ekanligini ta’kidlaganliklari xususida to‘xtalib o‘tdi.

photo_2019-03-24_11-47-11

Shuningdek, Xayrulla Bozorov o‘tgan yili jamoa 3-o‘rinni egallaganligi, bu yaxshi natijada muxlislarning ham hissasi katta ekanligini aytdi.

Viloyat hokimi shuningdek, o‘tgan mavsumda "Navbahor"ning yuksalish yili bo‘lganligi, bu yil esa yuksak marralar yili bo‘lishi, maqsad yangi mavsumda chempionlik unvonini qo‘lga kiritish kerakligini ta’kidladi. U jamoaga joriy mavsumda omad yor bo‘lishi, maqsad oliy bo‘lsa, har qanday raqibni engish mumkinligini aytdi. Xayrulla Bozorov muxlislardan jamoani doimo qo‘llab-quvvatlash lozimligini uqtirdi.

photo_2019-03-24_11-47-09

Joriy mavsumda "Navbahor" jamoasi a’zolari qizil va och havorang rangli futbolkalarda maydonga chiqishadi. Marosimda yangi futbolchilarga raqamlari yozilgan futbolkalar berildi.

O‘tkir Yusupov - 1, yarim himoyachi Azimjon Ahmedov - 7, himoyachi G‘iyos Komilov - 55, himoyachi Obid Jo‘raboev - 15, yarim himoyachi Zafar To‘raev - 90, hujumchi Aziz Ibragimov - 4, himoyachi Slavko Lukich - 5, hujumchi Aleksandr Kasyan - 11, yarim himoyachi Ivan Solovyov - 9, yarim himoyachi Abdujamol Isroilov 30, yarim himoyachi Shahzod Shaymanov - 8, hujumchi Bahodir Nasimov - 14, yarim himoyachi Elman Tagaev - 17, yarim himoyachi Elman Tagaev - 17, yarim himoyachi Abbos G‘ulomov - 70 va himoyachi Hojiakbar Yunusov - 29 - raqamlarda to‘p tepadigan bo‘lishdi.

photo_2019-03-24_11-50-28

"Navbahor" jamoasi bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis shogirdlari bu yil tajovuzkor futbol namoyish etishi, muxlislar jamoani qo‘llab-quvvatlab turishlariga ishonishini ma’lum qildi.

photo_2019-03-24_11-47-13

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
24/03/2019 14:32
Мураббий панд бериб қўймаса навбаҳор 2-ўринни ололийди
&
Ҳайрулла Аҳмаджонов
24/03/2019 14:31
Чемпион бўлиш қийин. Лекин 2-ўрин учун курашса бўлади