
"Navbahor" yangi mavsum uchun 11 futbolchini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Ular orasida faqatgina bir futbolchiga pul sarflangan xolos
"Navbahor" 2020 yilgi mavsum uchun quyidagi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazdi, deya xabar berdi PFL bosh direktori o‘rinbosari Diyor Imomxo‘jaev telegramdagi o‘zining sahifasida.
- Bu erda klubning ikki tarbiyalanuvchisi bilan 5 yillik shartnomalar imzolangan. Boshqa klublardan qo‘shib olingan futbolchilar esa Namangan jamoasi bilan bir yillik kelishuvga erishgan. "Navbahor" faqatgina Islom Rashidxonovni sotib olish uchun "Nasaf" bilan transfer shartnomasini kelishib olgan, qolgan futbolchilar erkin agent maqomida klubga kelib qo‘shilgan.
Ivan Solovev (Rossiya) — 2020, dekabr
Ruslan Bolov (Rossiya) — 2020, dekabr (Belarus)
Azim Ahmedov — 2020, dekabr
Islom Isoqjonov — 2020, dekabr (Metallurg)
Xurshid Muxtorov — 2020, dekabr (Nasaf)
Islom Rashidxonov — 2020, dekabr (Nasaf)
Sardor Telyakov — 2020, dekabr (Istiqlol)
Anvar Hojimirzaev — 2020, dekabr (Istiqlol)
Javlon Ibrahimov — 2020, dekabr (Suvon Samsung)
Husayn Ergashboev — 2024, dekabr
Islom Abdullaxonov — 2024, dekabr
Fikrlar