
"Navbahor" yarim himoyachisining "Neftchi"ga transferi barbod bo‘ldi
Yovan Jokich katta extimol bilan "Navbahor"da qoladi. Bu haqda "Sports.uz" jurnalisti Yahyoxo‘ja Ulug‘xo‘jaev ma’lum qilmoqda.
Bolqonlik futbolchining "Neftchi"ga ko‘chib o‘tishi muzokaralarning final qismida amalga oshmay qoldi. Vitaliy Levchenko tayanch zonasiga boshqa (evropalik) legioner o‘yinchi olib kelishni (ro‘yxat tuzilgan) reja qilgan. Turkiyadagi yig‘inlar chog‘ida futbolchi ko‘rikda bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, 31 yoshli Jokich 2022 yil yozgi transferlar oynasida "Nabvahor" tarkibiga kelib qo‘shilgan.
Fikrlar