
"Navbahor"dan muxlislari uchun yana bir qulaylik
Xabaringiz bor, ayni paytda yurtimizda muqaddas Ramazon oyi hukmron va vatanimiz mo‘min-musulmonlari mazkur oyda ro‘za tutib, taroveh namozlarin ado etmoqdalar.
Ramazon oyida amalga oshirayotgan ibodatlaringizni Alloh o‘z dargohida qabul qilishini tilagan holda, “Navbahor” matbuot xizmati jamoa muxlislariga shuni mamnuniyat bilan ma’lum qiladiki, “Navbahor” klubi rahbariyati tomonidan mazkur muqaddas oyda ishqibozlarga qulaylik yaratish maqsadida, ertaga bo‘lib o‘tadigan “Navbahor” – “Dinamo” o‘yinida iftorlikka xurmo va gazsiz suvlar bepul tarqatiladi.
Muxlislar ushbu mahsulotlarni “Markaziy” stadionida joylashgan barcha savdo shahobchalaridan olish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Eslatib o‘tamiz, “Navbahor” – “Dinamo” bahsi ertaga soat 18:00 da start oladi.
“Navbahor” PFK matbuot xizmati.
Fikrlar