
"Navbahor"ga qarshi muhim o‘yin oldidan "Nasaf" muxlislari uchun xushxabar
Bugun O‘zbekiston Superligasi 16-turidan o‘rin olgan "Nasaf" hamda "Navbahor" jamoalari o‘rtasidagi bellashuv bo‘lib o‘tadi.
Mazkur bahs oldidan "ajdarlar" taqdim etgan qaydnomada himoyachi Sherzod Nasrullaev safga qaytganini ko‘rish mumkin. Iste’dodli futbolchi diskvalifikatsiya tufayli jamoasining ichki frontdagi so‘nggi 5 uchrashuvida maydonga tusha olmagandi. 8 hafta ichida uning jamoasi Superliga doirasida 4 va kubokda 1 o‘yin o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, "ajdarlar"ning "lochinlar"ga qarshi bellashuvi Toshkent vaqti bilan 19:00 da start oladi. Quyida mazkur bahs uchun jamoalarning qaydnomalari bilan tanishing:
Fikrlar