"Navbahor"ning "Lokomotiv"ga qarshi o‘yini oldidan siz bilishingiz kerak bo‘lgan ma’lumotlar

  • 25 may, 2022, 23:50
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Coca Cola Superliga 11-turi doirasida jamoamiz o‘z maydonida Toshkentning “Lokomotiv” klubini qabul qiladi.

Tecno

Mazkur jamoalar O‘zbekiston chempionatlarining Superliga (oliy liga) bahslarida o‘zaro 36 marta kuch sinashishgan. Mazkur o‘yinlarning 20 tasida “temiryo‘lchilar” zafar quchishgan bo‘lsa, 11 ta uchrashuvda “lochinlar” g‘alaba qozonishgan. Yana 5 ta o‘yinda jamoalar durangga imzo chekishgan.

To‘plar nisbatidagi ko‘rsatkich – 58-44, “Lokomotiv” foydasiga.  

Ushbu klublarning o‘zaro o‘yinlaridagi eng yirik hisob 2016 yili qayd etilgan bo‘lib, unda “temiryo‘lchilar” o‘z maydonida 5:0 hisobida zafar quchishgan.

“Lochinlar”ning “Lokomotiv” ustidan qozongan eng yirik hisobdagi g‘alabasi 2007 yili Namanganda qayd etilgan bo‘lib, unda “Navbahor” 6:2 hisobida zafar quchgandi.

O‘zaro bahslarda toshkentliklar 65, namanganliklar esa 38 ochkoni qo‘lga kiritishgan. 

“Navbahor” – “Lokomotiv” jamoalari o‘rtasida shu kungacha Namanganda o‘tkazilgan 18 ta uchrashuvning 9 tasida “lochinlar” zafar quchishgan,

3 ta o‘yinda durang natija qayd etilgan hamda 6 ta bahsda “temiryo‘lchilar” g‘alaba qozonishgan. Namangandagi o‘yinlardagi to‘plar nisbati 31–19 “Navbahor” foydasiga.   

“Navbahor” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!