Navbat shashkaga! O‘zbekistonlik 4-sinf o‘quvchisi jahon chempioni bo‘ldi
Xushxabarlar shashkada ham davom etadi!
Avval xabar berganimizdek, shu kunlarda Bolgariyaning Kranevo shahrida 64 katakli shashka bo‘yicha o‘smirlar va qizlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida ishtirok etayotgan yosh sportchi - Buxoro tumanidagi 2-umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Sheyxali Azizovga teng keladigan sportchi topilmadi. Sheyxali blits programmasida oltin medal sohibiga aylandi. Bu haqda Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatmoqda.


Izohlar (0)