
Nazarovni iste’foga chiqargan "So‘g‘diyona" bugun Boshkovich bilan muzokara olib boradi
"So‘g‘diyona" klubi bosh murabbiy Yorqin Nazarovni iste’foga chiqargani haqida xabar bergan edik.
SPORTS.uz sayti jurnalisti Faxriddin Ro‘zievning ma’lum qilishicha, "Bunyodkor" sobiq bosh murabbiyi Ivan Boshkovich Jizzax tomon otlandi. Muzokaralar bugun kechki payt boshlanadi. “So‘g‘diyona” rahbariyati mutaxassisga yil oxirigacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, jizzaxliklar ayni payt 1 ochko bilan Superligada so‘nggi o‘rinda bormoqda.
Fikrlar