Nazorat oʻyini. "Neftchi" YEChLda ishtirok etadigan klubga yirik hisobda magʻlub boʻldi
Superliganing yangi mavsumiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" Turkiyada nazorat o‘yini o‘tkazdi.
Islom Ismoilov boshchiligidagi jamoa Ozarbayjonning "Qo‘rabog‘" jamoasiga qarshi bahs olib bordi. Ushbu bellashuvda vakillarimiz 5:0 hisobida yirik mag‘lubiyatga uchradi.
Ma’lumot uchun, faqonaliklar keyingi nazorat uchrashuvida “Aluminij"ga qarshi maydonga tushadi. Bellashuv 16 yanvar kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar