"Neftchi" futbolchisi ijaraga berildi
"Neftchi" klubi hujumkor yarim himoyachisi Daler Toʻxsanov faoliyatini yana Toshkentda davom ettiradi.
Futbolchi yarim mavsum ijara asosida "Olimpik MobiUz" jamoasida faoliyat olib boradi. Futbolchi Olimpiya terma jamoasiga yaxshiroq formada bormoqchi va shu sabab koʻproq oʻyin amaliyotiga ega boʻlish uchun sobiq klubiga qaytdi.
Eslatib oʻtamiz, Dalerning "yoʻlbarslar" bilan 2029 yil oxiriga qadar moʻljallangan shartnomasi bor va klub ham uni sotmoqchi emas. U hozirga qadar farʼgonaliklar safida jami 3 ta - bitta Superliga va ikki bora Oʻzbekiston kubogi bellashuvlarida maydonga tushdi.

Fikrlar