"Neftchi" o‘z safini Belarus chempionatida to‘p surgan legionerimiz bilan to‘ldirdi

  • 1 fevral, 2022, 20:24
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Yangi mavsumga  tayyorgarlik ko‘rayotgan “Neftchi” futbol klubi tarkibni kuchaytirish borasida izchil ishlarni amalga oshirmoqda. Bugun taniqli va mohir hujumchi Shahzod Ubaydullaev bilan bir yilga mo‘ljallangan shartnoma rasmiylashtirildi.

Tecno

shaxzod_1

Ma’lumot uchun, Shahzod Ubaydullaev 1998 yilda Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida tug‘ilgan. Futbolchilik faoliyatini Muborakning "Mash’al" jamoasida boshlagan sportchi, keyinchalik "Andijon" va "Metallurg" klublarida davom ettirdi. U nimalarga qodir ekanligini Belarussiyaning "Energetik BGU" hamda "Shaxtyor" jamoalarida ham namoyish etib, futbol ishqibozlarining mehri va e’tiborini qozondi. Shu bois, jamoamiz rahbariyati uni Farg‘onaga taklif etib, Superligada to‘p suradigan "Neftchi"ning faol hujumchisi bo‘lishga chorladi.

Futbolchi bu taklifni qabul qilarkan, bildirilgan ishonchni to‘la oqlash uchun butun kuch va mahoratini ishga solishga va’da berdi.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!