"Neftchi" O‘zbekiston U20 hamda "Buxoro"ga qarshi ikkita o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushadi

  • 22 iyul, 2022, 18:38
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumning ikkinchi yarmiga tayyorgarlik ko‘rayotgan "Neftchi" o‘rtoqlik uchrashuvlari o‘tkazishda davom etadi.

Farg‘onaliklar poytaxtdagi o‘quv-yig‘in mashg‘ulotlarini so‘nggi bosqichiga o‘tishdi, jamoa bosh murabbiyi Vitaliy Grigorievich Levchenko boshchiligida kuniga ikki mahaldan mashg‘ulot olib borayotgan klub xozirgi kungacha uch bora nazorat uchrashuvida maydonga tushib, barcha uchrashuvlarda g‘alaba qozonib kelmoqda.

Tecno

"Neftchi" navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinlarini 23 iyul va 25 iyul kunlari o‘tkazishadi. Klub ertaga Ravshan Haydarov boshchiligidagi O‘zbekiston U20 yoshlar terma jamoasiga qarshi maydonga chiqishsa, 25 iyul kuni “Buxoro” bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkaziladi.

“Neftchi” PFK Matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!