"Neftchi" va "Ural" bahsi uchun chiptalar sotuvda
"Neftchi"- "Ural" uchrashuvi uchun chiptalar sotuvga chiqarildi.
Xabaringiz bor, 6 iyul kuni Vitaliy Levchenko boshchiligidagi "Neftchi" jamoasi xalqaro o‘rtoqlik bellashuvida Rossiya Premer ligasi vakili Ekaterinburgning "Ural" klubini qabul qiladi.
Ushbu uchrashuvga chiptalar narxi yagona qilib belgilangan bo‘lib, 20 ming so‘mni tashkil etadi.
Chiptalarni bugundan "Istiqlol" markaziy o‘yingohi kassalaridan harid qilishingiz mumkin.
Fikrlar