"Neftchi"dan navbatdagi jiddiy transfer (foto)

  • 10 yanvar, 2024, 20:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

"Neftchi" yangi mavsum uchun tarkibni kuchaytirishda davom etmoqda. Bugun tajribali  darvozabon Botirali Ergashev jamoa bilan shartnoma imzoladi va yangi mavsumda darvoza dahlsizligini qo‘riqlaydi.

Ma’lumot uchun, Botirali Ergashev joriy yilni Olmaliqning OKMK klubida o‘tkazdi. Futbolchi  o‘tgan mavsumda  jami 18 uchrashuvda 1531 daqiqa  harakat qilgan. Futbolchi faoliyati davomida O‘zbekiston milliy terma jamoasi va turli toifadagi terma jamoalar tarkibida, shuningdek, "Paxtakor", "Navbahor" va ''Qo‘qon-1912'' klublarida ham to‘p surgan.

ergashev_1

Ayni paytda darvozabon O‘zbekiston milliy terma jamoa bilan Qatarda bo‘lib o‘tadigan Osiyo kubogiga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

"Neftchi" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
бек тв
11/01/2024 04:22
Тешик тогора нефтчидаям 9талаб гол утказиб юришде бахт насиб кисин
&
Neftchi
11/01/2024 11:06
Turxi tarovatingga qotagim isqirt bek tv bolgan seni