
Nega ba’zi mashhur futbolchilar noodatiy raqamda harakat qilishadi?
Trent Aleksander-Arnold, Fil Foden, Jamal Musiala, Donnarumma, Xvicha va Deklan Rays kabi futbolchilar nega o‘zgacha bo‘lgan raqamda maydonga tushishadi.
Trent Aleksander-Arnold faoliyati davomida faqat 66-raqamda harakat qilib kelmoqda.
Aslida bu qandaydir hodisa bilan bog‘liq emas. Bu raqamni tanlaganining sababi shuki, klub liboslarini boshqarish bo‘yicha koordinatori Li Radkliffning aytishicha, Trentga bu raqam akademiyada harakat qilayotgan paytda berilgan. Chunki ularning ichida 66-raqam eng kattasi hisoblangan va Arnold nomi bilan esda qolgan.
Nima uchun Fil Foden "shaharliklar" safida faoliyatini boshlagandan beri 47 raqamli futbolka ostida harakat qiladi?
Buni barcha futbol ishqibozlari payqagan va sababini ham qisman bilishadi. Bunga asosiy sabab, uning bobosi 47 yoshda vafot etgan. Shuning uchun Foden doim bobosini xotirlab, eslab turishi uchun shu raqamda harakat qilib, butun dunyoga tanilgan.
Jamal Musiala nega "Bavariya" safida 42 raqamda harakat qilishi haqidagi savolga o‘zi javob berdi.
- Men jamoaga qo‘shilganimda menga shu raqamni berishgan edi. Men bu raqam bilan ko‘plab narsalarni boshdan kechirdim va muvaffaqiyat qozonib sovrinlar yutdim. Shu tariqa bu raqam menga juda esdalik bo‘lib qoldi, - deb aytib o‘tdi Germaniyalik hujumkor yarimhimoyachi. Eslatib o‘tamiz, Musiala "Bavariya" bilan 9 ta sovringa ega chiqqan.
Nega Janluiji Donnarumma "Milan" safida 99 raqamida harakat qilgan edi?
Ko‘plab futbol muxlislari 99 raqamini Ronaldoga hurmat bilan bog‘lashadi, lekin bu noto‘g‘ri fikr ekanligini Donnarumma ta’kidlagan. Italiyalik posbon bu raqamda harakat qilishiga asosiy sabab 1999 yilda tug‘ilganligi.
"Nima bo‘lgan taqdirda ham shu raqamda harakat qilaman"
Deklan Rays ham Arnold kabi akademiya davridan beri 41 raqamda harakat qiladi. Bu menga akademiyada Kitman Jamo tomonidan berilgan raqam edi. O‘shandan beri bu raqam men bilan va rostini aytsam, men dadam bilan bu haqida suhbatlashganman. Suhbatdan so‘ng, faoliyatimda nima bo‘lishidan qat’i nazar 41 raqamda qolishga qaror qilganman, - deb aytib o‘tdi Arsenal va Angliya yarimhimoyachisi Rays.
Xvicha Kvaratsxeliya nega "Napoli" safida 77-raqamda harakat qilayotganini tushintirdi.
Gruziyalik qanot hujumchisi Italiyaning neapolliklar safiga kelib qo‘shilgandan so‘ng bu raqamda harakat qilishni boshladi. Yarim himoyachi "Rubin"da 21, "Dinamo Botumi"da 20 raqamda harakat qilgan bo‘lib, Napoli safida 77 raqamda harakat qilishni boshladi. Bunga javoban:
- Aslida 77 raqam bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqam yo‘q. Biroq, mening sevimli raqamim - 7. Shuningdek, kumirim Ronalduning ham raqami 7 va shu uchun men 77 raqamini tanladim, -deb o‘tgan Xvicha Dazn nashriga bergan intervyusida.
Fikrlar