Nega Pele va Maradona "Oltin to‘p"ni yutmagan?

  • 02.05.2026 15:50
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Pele va Maradonaning eng yuqori formadagi yillariida "Oltin toʻp" faqat evropalik futbolchilarga (keyinchalik esa Evropada oʻynayotganlarga) berilardi. Shu sabab Pele ham, Diego Maradona ham mukofotga daʼvogarlik qila olmagan.

1956–1995 yillarda "Oltin toʻp" qoidalariga koʻra, faqat Evropa fuqarolari ishtirok eta olardi. Pele Braziliya va "Santos"dagi faoliyati davrida uchta Jahon chempionligini qoʻlga kiritgan boʻlsa-da, evropalik emasligi sababli nomzod sifatida ham koʻrib chiqilmagan.

Maradona esa "Barselona" va "Napoli"da oʻynaganiga qaramay, argentinalik boʻlgani uchun ushbu mukofotga 1995 yilgacha daʼvogarlik qila olmadi. Qoidalar oʻzgarqan vaqtga kelib esa u faoliyatining eng yuqori choʻqqisini ortda qoldirgan edi.

1995 yildan boshlab Evropada oʻynayotgan barcha millat vakillariga ruxsat berildi va shu yili Jorj Vea gʻolib chiqdi. Keyinchalik mukofot butun dunyo futbolchilari uchun ochildi.

Xulosa shuki, Pele va Maradona "Oltin toʻp"ni yutmaganligi ularning darajasi bilan emas, balki oʻsha davrdagi qoidalar bilan bogʻliq.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!