Nemislar “Barsa”dan 17 yoshli talantni olib ketmoqchi

  • 23.08.2025 04:34
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Bundesliganing “Borussiya Dortmund” klubi yosh o‘yinchilar bilan ishlash, ularning iste’dodini rivojlantirish va yangi qirralarini ochish bo‘yicha katta tajribaga ega hisoblanadi.

Dortmundliklar e’tiboriga “Barselona”ning 17 yoshli markaziy yarim himoyachisi Gile Fernandes tushdi. Bu haqida taniqli jurnalist Janluiji Longari yozdi.

Manbaga ko‘ra, “Borussiya” mutasaddilari kataloniyaliklarga transfer bo‘yicha rasmiy so‘rov ham yubordi. Ayni paytda Gila Fernandes Kataloniya klubining ikkinchi jamoasi – “Barselona Atletik”da malakasini oshirmoqda.

O‘tgan mavsumda 32 ta uchrashuvda ettita gol urgan iqtidor egasi yozgi yig‘inlar davomida ikki marotaba asosiy tarkib mashg‘ulotlariga jalb etildi.

Transfermarkt portali ekspertlari “Borussiya Dortmund” nishoniga tushgan o‘yinchini 3 million evroga baholamoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!