Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Nemislar qishda "Barsa" yulduzini olib ketmoqchi, "Barsa" katta daromad kutyapti

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Transfer amalga oshishi mumkin

«Bavariya» qishki transfer oynasida «Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmoni o‘z safida ko‘rishni rejalashtirayotgani xabar qilinmoqda.

Sky Sports ma’lumotiga ko‘ra, myunxenliklar hujumkor yarim himoyachi pozitsiyasini kuchaytirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu, jumladan, jamoa yetakchilari Jamal Musiala va Maykl Olisega boshqa klublardan qiziqish kuchayib borayotgani fonida amalga oshirilmoqda.

Manbalar ta’kidlashicha, «Bavariya» Dani Olmoga qiziqishni hali u «RB Leyptsig» sharafini himoya qilgan paytlardayoq boshlagan. Futbolchi «Barselona»ga o‘tgach ham, myunxenlik skautlar uning o‘yini va rivojlanishini doimiy kuzatib borgan.

28 yoshli yarim himoyachining ehtimoliy transfer narxi taxminan 70 million yevro atrofida baholanmoqda.

Joriy mavsum La Liga musobaqasida Dani Olmo 7 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli pas muallifiga aylandi. Uning batafsil statistikasi shu yerdan ko‘rish mumkin.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q