
Netflix 50 million dollar jarimaga tortildi
Jeyk Pol va Mayk Tayson o‘rtasidagi boks uchrashuvi tomoshabinlarning katta qiziqishiga sabab bo‘lgandi. Netflix ma’lumotlariga ko‘ra, butun dunyo bo‘ylab 108 million kishi ushbu oqshomni tomosha qilgan va bu platforma tarixidagi eng ko‘p ko‘rilgan sport tadbiriga aylandi.
Biroq Netflix Pol va Tayson boks uchrashuvi translyatsiyasi paytida yuzaga kelgan muammolardan keyin ommaviy norozilikka duch kelmoqda. Florida fuqarolaridan biri dushanba kuni striming gigantini shartnoma va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qonunlarini buzganlikda ayblab, shtat sudiga da’vo arizasi bilan murojaat qildi. Unda aytilishicha, Netflix katta auditoriya uchun yomon tayyorgarlik ko‘rgan va va’da qilingan xizmatni taqdim eta olmagan.
Muammolar yuzaga kelganidan keyin ham Netflix zarar ko‘rgan tomoshabinlarga to‘lovlarni qaytarish yoki chegirmalarni taklif qilmadi. Kompaniya, shuningdek, sud jarayoniga izoh berishdan bosh tortdi. Platforma bosh direktori Greg Peters ham bu muammolarning aniq sababini aytmadi.
Bizdagi ma’lumotlarga ko‘ra, Netflix 50 imllion jarimaga tortildi.
Fikrlar