Neto: Men raqobatdan qo‘rqmayman, "Yuventus"dagi sherigim Buffon bo‘lgan

  • 9 iyul, 2017, 12:30
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Xabaringiz bor kecha “Valensiya” o‘z safiga “Yuventus” darvozaboni Netoni qo‘shib olgani haqida xabar bergan edik. Braziliyalik golkiper “ko‘rshapalaklar” bilan 2021 yilga qadar shartnoma imzoladi.

Tecno

“Valensiya” meni sotib olishni juda ham xohladi. Ular menga qiziqish bildirayotganini bilgan paytim, qolgan jamoalardan bo‘layotgan takliflarni ko‘rib chiqishni to‘xtatdim. Bu shonli o‘tmishga ega jamoa va o‘ylaymanki yaqin kelajakda ushbu tarix yana ko‘plab g‘alabalar bilan boyiydi.

“Valensiya”ni yana avvalgidek o‘z o‘rniga olib chiqish uchun qo‘limdan kelgan barcha ishni qilaman. Yana bir narsani alohida aytishim kerakki, meni raqobat qo‘rqita olmaydi. Chunki, “Yuventus”da meni sherigim Buffon bo‘lgan”, - deydi Neto Football Italia nashriga bergan intervyusida.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!