Neymar amerikaliklar bilan muzokaralardan voz kechdi

  • 26.06.2026 17:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Braziliya milliy terma jamoasi va «Santos» hujumchisi Neymar klubning transfer bo‘yicha sust harakatidan norozi bo‘lgani sababli MLSning «Tsintsinnati» jamoasi bilan muzokaralarni to‘xtatdi. Bu haqida The Athletic xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, «Tsintsinnati» 34 yoshli forvard transferi bo‘yicha hech qanday  rasmiy taklif bermagan. Neymar moliyaviy shartlar bo‘yicha kelishuvga erishilganda Amerika klubiga o‘tishga tayyor edi.

Neymar hali ham MLSda o‘ynash istagida. Uning «Santos» bilan shartnomasi yil oxirigacha amal qiladi.

Joriy yilda hujumchi klub safida barcha musobaqalarda 15 ta o‘yinda ishtirok etib, 6 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!