
Neymar "Barselona"ga qarshi o‘ynamaydi
Frantsiya kubogining 1/32 final bosqichidan o‘rin olgan “Kan”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan PSJ hujumchisi Neymar bugun chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.
L’Equipe nashri tarqatgan xabarga qaraganda, braziliyalik yulduz EChL 1/8 finalidan o‘rin olgan “Barselona”ga qarshi o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi.
Neymar joriy mavsum PSJ safida jami 18 ta o‘yinda maydonga tushdi va hisobiga 13 ta gol hamda 6 ta golli uzatma yozdirib qo‘ydi.
PSJ va "Barselona" jamoalari o‘rtasidagi dastlabki o‘yin 17 fevral kuni, javob bahsi esa 11 mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar