Neymar "Borussiya"ga qarshi o‘yinda maydonga tusha oladimi?
PSJ bosh murabbiyi Tomas Tuxel UEFA Chempionlar ligasi 1/8 finali doirasida "Borussiya Dortmund"ga qarshi dastlabki o‘yinda Neymarning jamoaga yordam bera olishi haqidagi savolga javob berdi.
"Neymar ertaga maydonga tushadi. Bu juda ko‘p narsani o‘zgartirib yuboradi.
U butun o‘yinni bir o‘zi o‘zgartirib yuborish qobiliyatiga ega. Bu qobiliyati bilan Neymar jamoadoshlariga ishonch bera olishi mumkin", - deydi Tuxel.
Eslatib o‘tamiz, "Borussiya Dortmund" va PSJ o‘rtasidagi nimchorak final o‘yini bugun Toshkent vaqti bilan 01:00 da boshlanadi.

Fikrlar