Neymar Braziliya chempionatida uchta o‘yinni o‘tkazib yuboradi
Neymar tortishuv va oldingi ogohlantirishlar sababli Braziliya chempionatida navbatdagi uchta o‘yinni o‘tkazib yuborishga majbur bo‘ldi.
«Santos» hujumchisi Neymar Braziliya chempionatida diskvalifikatsiyaga uchradi.
Globo nashri ma’lumotiga koʻra, 34 yoshli futbolchi mamlakat chempionatining navbatdagi uchta uchrashuvida maydonga tusha olmaydi. Bunga «Bayya» yarim himoyachisi Rodrigo Nestor bilan jamoalar oʻrtasidagi oʻyinning tanaffusida yuzaga kelgan janjal sabab boʻlgan. Neymar ogʻzini qoʻli bilan toʻsib gapirgani uchun qizil kartochka olgan.
Ma’lum qilinishicha, ushbu voqea uchun braziliyalik futbolchi ikki oʻyinga diskvalifikatsiya qilingan. Uchinchi uchrashuvni esa sariq kartochkalar limitini toʻldirib qoʻygani sababli oʻtkazib yuboradi.
Shu tariqa, Neymar «Palmeyras», «Red Bull Bragantino» va «Kuritiba»ga qarshi uchrashuvlarda jamoasiga yordam bera olmaydi.

Izohlar (0)