Neymar futbolni sharmanda qilyaptimi?!

  • 03.07.2018 14:59
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Rossiyalik sobiq futbolchi Yuriy Kovtun Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymarni qattiq tanqid ostiga oldi.

“Neymarda bunday holatlar har doim kuzatiladi. Bu esa asabingizga tegadi. Unga nisbatan ishlatiladigan qo‘pollik o‘yinda uchrab turishini bilmaydimi deyman. Bunday vaziyatda futbolchi o‘z emotsiyalarini bosishi lozim, Neymar singari harakat qilish kerak emas. Balkim u og‘riqdan qo‘rqar, lekin futbol bu shunday o‘yinki, unda to‘qnashuvlar odatiy hol. Neymar esa buni tushinishi lozim.

Men meksikalik futbolchining kechagi harakati atayin amalga oshirildi deyishdan yiroqman. Neymar ko‘p holatda o‘zini jarohatlangan futbolchi singari ko‘rsatdi.

U har doim o‘zining yulduzligidan foydalanishga harakat qiladi. Biroq, bu kabi holatlar uning mashhurligini oshirmaydi. Top darajadagi futbolchilarning bunday harakatlari futbolni sharmanda qiladi. Balkim kimdir unga bu odatlarini tashlashi kerakligini aytar. Aks holda uning bunday hazillari muhim uchrashuvlarda pand berib qo‘yishi mumkin”, - deydi Kovtun.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!