Neymar futbolni yigʻishtirsa ham boʻlaveradi! U yana maydonga tushmaydi
«Santos» klubi jamoa hujumchisi Neymar olgan jarohati haqida ma’lumot berdi.
Klub xabariga ko‘ra, 34 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan so‘ng o‘ng son qismida mushak jarohati olgani aniqlandi.
Globo nashri yozishicha, bunday turdagi jarohatdan to‘liq tiklanish odatda to‘rt haftadan sakkiz haftagacha vaqt talab qiladi.
Neymar 2 sentabr kuni «Palmeiras»ga qarshi Braziliya Kubogi 1/4 final javob uchrashuvida (0:0) o‘zini noqulay his qilgan. Shu bois u birinchi bo‘lim yakunlanishidan keyin maydonni tark etgan.
Joriy mavsumda Neymar «Santos» safida barcha musobaqalar doirasida 24 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar