
Neymar janjal ko‘tardi
Jarohatini davolatayotgan Neymar vaqtini Braziliyada o‘tkazmoqda. Biroq, futboldan tashqari turli mojarolarga aralashib yuribdi.
Mundo Deportivo nashrining yozishicha, 31 yoshli yulduz Rio-de-Janeyrodagi tungi klublarning birida janjal ko‘targan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, futbolchi notanish erkak bilan bir-biriga qo‘pollik qilib, turtkilasha boshlagan. Mojaroga klub xavfsizlik xizmati vakillari aralashdi. Hozircha, janjal sababi ma’lum emas.
Neymar kelasi mavsum boshlangunicha o‘ziga yangi jamoa topishi kerak. PSJ rahbariyati uning ketishiga qarshilik qilmaydi.
PSJ bilan 2017 yilgacha davom etadigan shartnomaga ega futbolchining transferi 70 million evro atrofida baholanmoqda.
Fikrlar