
Neymar: Men hech qachon Ronaldo yoki Peledan zo‘r bo‘la olmayman
PSJ klubi va Braziliya terma jamoasi xujumchisi Neymar mamlakat futbolining afsonalari o‘rtasida eng yaxshi to‘purar nomi uchun kurash haqida o‘z fikrini bildirdi.
- Men mamlakatimiz termasida eng yaxshi to‘purar nomini qo‘lga kiritishni o‘z oldimga maqsad qilib qo‘yganim yo‘q. Men uchun bu faqatgina raqamlar.
Romario, Ronaldo va Pele mendan avval bu erda to‘p tepishgan va o‘zimni ulardan kuchliroq deyaolmayman. Ushbu futbolchilarga men yoshligimdan havas qilib kelaman. Men ularning har birini hurmat qilaman. Shuni aytishim kerakki, jamoaga yordamim tegayotganidan baxtiyorman, - deya Neymarning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Goal.com nashri.
Ma’lumot uchun, 26 yoshli futbolchi terma jamoadagi gollar ko‘rsatkichi bo‘yicha Romarioga etishib oldi (54), Ronalduda gollar soni 62 va Peleda esa 77.
Fikrlar