Neymar PSJ mashg‘ulotlariga qaytdi(FOTO)
PSJ klubi forvardi Neymar jamoa mashg‘ulotlariga qaytdi.
Parijliklar Frantsiya chempionatining 2-turidan o‘rin olgan "Renn" klubiga qqrshi bahsga tayyorgarlik olib bormoqda.




Filippe Koutino "Barsa"dan "Bavariya"ga o‘tishi ma’lum bo‘lganidan so‘ng, Neymar PSJ mashg‘ulotlariga qaytdi.
Avvalroq, Neymar Kataloniya klubiga qaytishi va uning transferi uchun Koutino qo‘shib berilishi kutilayotgan edi.
Frantsiya chempionatining ilk turida Neymar ishtirok etmadi va uchrashuvga tayyorgarlik mashg‘ulotlarida ham ko‘rinish bermagan.
PSJ sport direktori Leonardo o‘zining intervyularidan birida braziliyalik futbolchining kelajagi oydinlashmaguncha, umumiy guruh mashg‘ulotlariga qaytmasligini aytib o‘tgan edi.

Fikrlar