Neymar PSJdan ketishga tayyor
PSJ hujumchisi Neymar Angliya Premer-ligasi jamoasiga o‘tishga tayyor. Bu haqda jurnalist Nizar Kinsella ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali xabar berdi.
Angliyada Neymarga asosiy davogar Londonning “Chelsi” klubi hisoblanadi. Biroq “aristokratlar”da Neymarni taklif qilish borasida etarlicha muammolar bor. Asosiysi futbolchining maoshi hisoblanadi.
Neymar rahbariyat bilan mojaro tufayli PSJni tark etishga tayyor. Klubning o‘zi ham braziliyalikning xizmatiga muhtoj emas, shuning uchun sport direktori Luis Kampos unga yangi jamoa topishga harakat qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, hujumchi 2017 yilda 222 million evro evaziga “Barselona”dan PSJga ko‘chib o‘tgan. Hozirda “Transfermarkt” portali braziliyalikni 75 million evroga baholagan.
Neymar o‘tgan mavsum Parij klubining ichki chempionat doirasidagi 22 o‘yinda maydonga tushib, 13 gol va 6 assist muallifiga aylangan.

Fikrlar